Putin Lukashenko bilan qayerda uchrashishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Rossiya va Belarus Prezidentlarining uchrashuvi qayerda o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko joriy yilning 14 sentyabr kuni Sochida uchrashadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. 

Prezidentlar uchrashuvida ikki tomonlama munosabatlar va strategik sheriklikni rivojlantirishning asosiy masalalari muhokama qilinadi.

“Savdo-iqtisodiy, energetika, madaniy-gumanitar sohalarda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga, shuningdek, Ittifoq davlatlari doirasidagi integratsion jarayonlarni rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratish rejalashtirilgan", deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Lukashenko va Putin Moskvada uchrashishi taxmin qilinayotgandi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Prezidentlar muzokaralar vaqtida Belarusning Rossiya oldidagi davlat qarzini ham muhokama qiladi.

Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Belarusning RF oldidagi qarzi qayta moliyalashtirilishi mumkin.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Putin Lukashenko

Baholaganlar

118

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing