Putin Lavrovdan Aliyevga salom va rus tiliga hurmat uchun rahmat yo‘lladi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Bakuda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda unga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va do‘stona tilaklarini yetkazdi. Uchrashuv kecha, 27 fevral kuni bo‘lib o‘tgan.

“Avvalo, Prezident Putinning eng samimiy salomi va do‘stona tilaklarini yetkazaman. U shaxsan ittifoqchilik hamkorligimiz rivojlanishiga katta e’tibor qaratadi”, degan Lavrov. 

Vazir o‘zining Ozarbayjon poytaxtiga tashrifi o‘tgan yilning 22 fevralida Moskvada imzolangan ittifoqchilik hamkorligi to‘g‘risidagi ikki tomonlama deklaratsiyaning bir yilligiga to‘g‘ri kelishiga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi barcha sohalardagi amaliy hamkorlik, xususan, barcha siyosiy, jumladan, eng yuqori darajadagi muntazam aloqalar tufayli samarali rivojlanmoqda. 

“Prezident Putin bilan muhokama qilganingizdek, nafaqat ikki tomonlama, balki mintaqaviy va hattoki global xususiyatga ega bo‘lgan bir qancha mega-loyihalar ishlab chiqilmoqda. Ko‘pgina hamkorlarimiz ushbu loyihalarga qiziqish bildirmoqda. Bu ham ushbu mintaqada Rossiya va Ozarbayjon yetakchi ishtirokidagi hamkorlik qanchalik istiqbolli ekanligidan dalolat beradi”, deya qo‘shimcha qilgan Rossiya TIV rahbari. 

U, shuningdek, tomonlarning gumanitar hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekani, bu ikki davlat fuqarolarining o‘zaro sayohatlarining yuqori sur’atlaridan dalolat ekanini ta’kidladi. Bundan tashqari, Lavrov Aliyevga rus tilini qo‘llab-quvvatlashga e’tibori uchun minnatdorlik bildirgan.  

“Ishonchim komilki, tashrif siz va Prezident Putin belgilagan sohalarda oldinga siljishga yordam beradi”, deya xulosa qildi vazir. 

O‘z navbatdagi, Ozarbayjon Prezidenti Lavrondan Vladimir Vladimirovich salom va ezgu tilaklarimni yetkazishini so‘ragan. 

“Haydar Aliyevich Aliyev xotirasiga bo‘lgan mehr-muhabbat uchun minnatdorlik bildirishingizni so‘rayman. Biz buni juda qadrlaymiz”, degan Ilhom Aliyev. 

Unga ko‘ra, Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar to‘liq rivojlanmoqda, har ikki davlat ham bu yilga yaxshi start bilan kirmoqda.  

“O‘tgan yil munosabatlarimiz juda dinamik xarakterga ega bo‘lganligi bilan ajralib turdi, Prezidentlar darajasida bir necha uchrashuvlar bo‘ldi, siz Ozarbayjonga ham tashrif buyurdingiz, hamkasbingiz Rossiyaga tashrif buyurdi. Biz bu yilni, menimcha, yaxshi boshlamoqdamiz”, deydi Aliyev. 

O‘tgan yilning 22 fevralida Ozarbayjon va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ittifoqchilik hamkorligi to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangani ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi juda muhim qadam bo‘lganini ta’kidladi.  

“U [deklaratsiya] mohiyatan munosabatlarimiz ruhi va mohiyatini, munosabatlarimizning to‘plangan ijobiy resursini o‘zida aks ettiradi, shuningdek, kelgusi yillar uchun o‘zaro hamkorlik yo‘llarini belgilab beradi”, deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.  

Uning ta’kidlashicha, Baku nafaqat siyosiy muloqot, energetika, transport, savdo, gumanitar hamkorlik kabi o‘zaro hamkorlikning an’anaviy yo‘nalishlarida, balki ittifoqchilarning o‘zaro hamkorligi darajasiga ko‘tarilishi zarur bo‘lgan sohalarda ham jiddiy o‘zaro qadamlarga tayanadi. 

Aliyev, shuningdek, ikki davlat fuqarolarining o‘zaro sayohatlarining koronavirusdan oldingi dinamikasi tiklanayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon va Rossiya aviatashuvchilari haftasiga 135 ta reysni amalga oshirayotgani shundan dalolat beradi.  

“Bu, menimcha, rekord darajadagi yutuq bo‘lib, bu mamlakatlarimiz fuqarolari bir-birlariga katta mamnuniyat bilan tashrif buyurishlarini ko‘rsatadi”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ilhom Aliev Sergey Lavrov Ozarbayjon-Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing