Putin koronavirusga qarshi qayta emlandi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi “Sputnik Layt” vaksinasi qayta emlandi. Bu haqda u Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Denis Logunov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Bugun sizning tavsiyangiz va hamkasblaringizning tavsiyasi bilan men yana bitta “Sputnik Layt” vaksinasini oldim. Bu qayta emlanish deb ataladi”, dedi Rossiya yetakchisi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, u emlangandan keyin o‘zini yaxshi his qilmoqda.

“Og‘riqsizlikka kelsak, ular menga ikki soat oldin buni qilishdi, men hech narsani his qilmayapman. Oddiy holat, hamma narsa normal”, deydi u.

Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bahorda koronavirusga qarshi “Sputnik V” bilan to‘liq emlangan edi. U Rossiya vaksinalari xavfsiz va samarali ekanini bir necha bor ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing