Putin Kim Chen Inning kosmik texnologiyalarga qiziqayotganini aytdi (video)

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In kosmik texnologiyalarga katta qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 13 sentyabr kuni aytib o‘tdi.

Jurnalistlarning Moskva Pxenyanga kosmik sun’iy yo‘ldoshlar qurishga yordam beradimi, degan savoliga javob berar ekan, Putin aynan shu sabab Kim Chen In bilan “Vostochniy” kosmodromiga kelganini aytgan.

“Shuning uchun biz bu yerga keldik. KXDR yetakchisi raketa texnologiyasiga katta qiziqish bildirmoqda, ular ham koinotni rivojlantirmoqchi ”, degan Rossiya Prezidenti.

“Vostochniy”ga tashrifi chog‘ida Putin va Kim Chen In “Soyuz-2” tashuvchi raketasining xarakteristikalari bilan tanishgan hamda uni uchirish majmuasini ko‘zdan kechirgan. Davlat rahbarlari “Angara” raketasini yig‘ish uchun modernizatsiya qilingan montaj va sinov binosiga tashrif buyurgan. Ularga Bosh vazir o‘rinbosari va Uzoq Sharq federal okrugidagi vakolatli vakili Yuriy Trutnev, “Roskosmos” rahbari Yuriy Borisov va Yer usti kosmik infratuzilmasidan foydalanish markazi bosh direktori Nikolay Nestechuk, KXDR yetakchisining  singlisi, Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasining bo‘lim mudiri Kim Yo Chjon hamrohlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Kim Chen In Shimoliy Koreya Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made