Putin Kim Chen Inni medal bilan taqdirladi (foto)

Olam

image

KXDR yetakchisi Kim Chen In Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan “1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 75 yilligi“ yubiley medali bilan taqdirladi. Bu haqda KXDRdagi Rossiya elchixonasi Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Farmoniga binoan KXDR Davlat Kengashi Raisi Kim Chen In KXDRda halok bo‘lgan va dafn etilgan Sovet fuqarolarining xotirasini abadiylashtirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 75 yilligi“ yubiley medali bilan taqdirlandi“, deyiladi elchixona xabarida.

Diplomatik vakolatxonaning qayd etishicha, Rossiyaning Shimoliy Koreyadagi elchisi Aleksandr Metsegora medalni KXDR tashqi ishlar vaziri Li Song Gvonga topshirgan. So‘ngra Rossiya-KXDR o‘rtasidagi aloqalar haqida suhbatlashilgan.

“Ular suhbat davomida ikki mamlakat rahbarlari tomonidan 2019 yil aprel oyida Vladivostokda Rossiya va Koreya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish bo‘yicha faol sa’y-harakatlarni tasdiqlashdi“, deyiladi elchixona xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In Rossiyaga birinchi tashrifini 2019 yil aprel oyida amalga oshirgandi. U tashrif davomida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan. So‘nggi kunlarda KXDR rahbari haqida turli xabarlar tarqaldi. Xususan, OAVlar uning vafot etganini ma’lum qilishgan. Lekin oz fursat o‘tib Kim Chen In ommaga ko‘rinish bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Kim Chen In Ikkinchi jaxon urushi

Baholaganlar

434

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing