Putin Xitoy Raisi bilan II Jahon urushi haqida nimani gaplashdi?

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinlarning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda Ikkinchi Jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Rossiya va Xitoyning tarixiy haqiqat hamda urush natijalarini himoya qilish bo‘yicha yondashuvlarining bir xilligi aytib o‘tilgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar берди.

Ma’lum qilinishicha, Davlat rahbarlari bir-birlarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklagan va o‘tib borayotgan yilda Rossiya-Xitoy keng qamrovli sheriklik va strategik o‘zaro munosabatlarning rivojlanishini sarhisob qilgan. Ikki tomonlama aloqalarga yuqori baho berilib, ular tarixdagi eng yuqori darajaga ko‘tarilgani va haqiqatan ham o‘zaro manfaatli ekani ta’kidlangan. Ikkinchi Jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Rossiya va Xitoyning tarixiy haqiqat va urush natijalarini himoya qilish bo‘yicha yondashuvlari bir xilligi aytib o‘tilgan.

Shuningdek, suhbatda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha ikki mamlakat tegishli idoralarining samarali sa’y-harakatlari mamnuniyat bilan qayd etilgan. Vaksinalar ishlab chiqarishda hamkorlikning muhimligi ta’kidlangan.

Qayd etilishicha, 2021 yilda nishonlanadigan Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi Yaqin qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganina 20 yil to‘lishini hisobga olgan holda, barcha yo‘nalishlarda, shu jumladan energetika va sanoat kooperatsiyasi sohasida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro munosabatlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha loyihalar tasdiqlangan. Rossiya-Xitoy ilmiy-texnikaviy va innovatsion hamkorlik yillarini (2020–2021) o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilayotgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, ular global va mintaqaviy miqyosda tinchlik va barqarorlikni saqlash manfaatlari yo‘lida xalqaro maydondagi qadamlarni muvofiqlashtirishni faollashtirishga tayyor ekanliklarini bildirib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Si Tszin'pin

Baholaganlar

209

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing