Putin “Kavkaz burguti”ni g‘alaba bilan tabrikladi
Sport
−
26 Oktabr 2020 15869 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin UFC jangchisi Habib Nurmuhamedovga qo‘ng‘iroq qilib, uni amerikalik sportchi Jastin Getji ustidan qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Peskov, avvalroq, Kreml Nurmuhamedovning jangidan mamnun bo‘lgani haqida gapirgan edi. Ammo sportchining faoliyatini yakunlagani haqida hech qanday izoh berilmagan.
Rossiyalik jangchi Habib Nurmuhamedov amerikalik sportchi Jastin Getji ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng, o‘z faoliyatini tugatgani haqida e’lon qildi. Shundan so‘ng, turli mashhur shaxslar va sportchilar bu borada o‘z fikrlarini bildirishdi. Jumladan, Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Yemelyanenko Habibni “shoshilmasdan, yaxshilab o‘ylab olishga chaqirdi”.
Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhamedov UFC’dagi faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazib, biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. Shu sabab uni “Yengilmas burgut” yoki “Kavkaz burguti” deb atashadi.
Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Jastin Getji kuch sinashdi va 2-raunddayoq g‘olib bo‘ldi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025