“Putin qo‘rqadigan odam”. Navalniy “Time” muqovasini “bezadi”
Olam
−
19 yanvar 2022
7501Amerikaning “Time” jurnali muqovasida yaqinda fikr erkinligi uchun Andrey Saxarov mukofotini qo‘lga kiritgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning surati chop etildi. Surat tagida “Putin qo‘rqadigan odam” degan izoh yozilgan.
Jurnalda e’lon qilingan maqolada ayni damda Volodin qamoqxonasida jazo muddatini o‘tayotgan Navalniyning koloniyadan kelgan maktublari haqida so‘z boradi. Nashr muxolifat yetakchisi bilan intervyuni ham taqdim etgan.
Suhbat davomida siyosatchi qamoqxonadagi hayot haqida gapirgan, Rossiya Federatsiyasining AQSHga nisbatan siyosati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan.
“Mening kameram derazalari muhrlangan, oq qog‘oz bilan. U orqali yorug‘lik kiradi, ammo tashqaridagi hech narsani ko‘ra olmaysiz. Bu derazalari muhrlangan yagona “kulba”. Hamma meni tashqarida nima bo‘layotganini ko‘ra olmaydi, deb o‘ylaydi. Ba’zan o‘zimni poyabzal qutisida yashayotgandek his qilaman”, degan Aleksey Navalniy.
Ma’lumot uchun, Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy 2020 yilning 20 avgustida Rossiyaning Tomsk shahrida zaharlanganidan so‘ng, Germaniyada 4 oy davolanib, 2021 yilning 17 yanvar kuni Rossiyaga qaytgandi va aeroportning o‘zidayoq hibsga olingandi.
LiveBarchasi