Putin qo‘l berib salomlashishni to‘xtatdi

Olam

image

Rossiya Federatsiya Prezidenti Vladimir Putin bundan buyon qo‘l berib salomlashmaydi. Bu haqda bugun, 1 aprel kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

"Hozir hamma masofa saqlamoqda", deydi Peskov.

Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Prezident shu kunlarda hamma ishda masofa saqlashni afzal ko‘rmoqda. Bu uning xavfsizligi uchun juda muhim.

"Prezidentning masofadan turib qanday ishlashini hamma ko‘ryapti va endi ushbu format iloji boricha kengroq qo‘llaniladi", deydi matbuot kotibi.

Shuningdek, Dmitriy Peskov Rossiya rahbarini himoya qilish uchun hamma narsa qilinayotganini aytgan. Putin niqob taqayotganligi haqida so‘ralganda, Peskov Prezident ishtirok etadigan ommaviy tadbirlarning ishtirokchilari maxsus sinovlardan o‘tayotganini ma’lum qilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar 2 777 nafarga yetgan. Ulardan 24 nafari vafot etgan, 190 nafari esa sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Dmitriy Peskov Koronavirus

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing