Putin Qrim ko‘prigining temir yo‘l qismini ochib berdi
Olam
−
23 dekabr 2019
7506Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Qrim ko‘prigining temir yo‘l qismiga start berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
RF Prezidenti poyezd mashinisti kabinasida Transport vaziri Yevgeniy Ditrix bilan ko‘prikdan o‘tdi.
“Bu katta voqea. Siz o‘z mehnatingiz, iqtidoringiz, sabr-bardosh va harakatingiz bilan Rossiya dunyo darajasidagi infratuzilma loyihalarini bajara olishini ko‘rsatdingiz. Bu ko‘prik nafaqat Rossiya, balki Yevropada ham eng uzuni hisoblanadi”, dedi Putin.
Mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da “Tavriya” poyezdi Sankt-Peterburgning “Moskva” vokzalidan Sevastopolga qarab harakatlangan. U 43,5 soatda 2741 km masofani bosib o‘tishi kerak. Poyezd 9 viloyat, 3 ta federal darajadagi shahar, o‘lka, respublika, 188 ta daryoni kesib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Qrim ko‘prigi Rossiyadagi eng uzun ko‘prik. Uning uzunligi 19 kmni tashkil qiladi. Ko‘prikda avtomobillar 2018 yilning mayo oyidan harakatlana boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, Qrim 2014 yilda Ukraina boshlangan "Maydon" voqealari vaqtida Rossiyaga qo‘shib olingan. G‘arb davlatlari RFning bu harakatini suveren davlat hududini anneksiya qilish deb baholab, unga qarshi sanksilar joriy qilgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15