Putin Kremlda Nazarboyev bilan uchrashdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 29 may kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi

Kremlda bo‘lib o‘tgan uchrashuvning boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan.
Qayd etish joiz, Nazarboyev so‘nggi marta 2024 yil dekabrida Novo-Ogaryovoda Putin bilan uchrashgan edi. Qozog‘istonning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning joriy yilda “Ana tili” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, bu ularning 2024 yildagi ikkinchi uchrashuvi bo‘lgan. Shuningdek, u bunday uchrashuvlar tashabbuskori Nursulton Nazarboyev ekanini, chunki u uchun bu uchrashuvlar nihoyatda muhimligini aytdi.

“Nursulton Nazarboyevning Vladimir Putin bilan dekabrdagi uchrashuvi o‘tgan yildagi ikkinchi uchrashuv bo‘ldi. Kuz boshidagi birinchi uchrashuv haqida ommaviy axborot vositalarida xabar berilmagan. Ular, ehtimol, eski do‘stlar va hamkasblar sifatida uchrashadi, ularda eslash kerak bo‘lgan narsa bor. Shuni unutmasligimiz kerakki, u Qozog‘iston SSR Vazirlar Kengashining sobiq raisi, partiya rahbari, keyin esa suveren Qozog‘iston prezidenti sifatida Kreml bilan ma’naviy va siyosiy jihatdan chambarchas bog‘liq. Negaki u Moskvada xizmat safarlarida, qurultoy va plenumlarda, ishchi va rasmiy tashriflarda shuncha vaqt sarflangan”, degandi Prezident To‘qayev.

Ma’lumot uchun, Nursulton Nazarboyev 1991 yildan 2019 yilgacha Qozog‘iston prezidenti lavozimida ishlagan. 2019 yil mart oyida u o‘z iltimosiga ko‘ra iste’foga chiqdi. Iyun oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Qosim-Jomart To‘qayev g‘alaba qozongan edi.

2022 yil yanvarida Qozog‘istonda yirik tartibsizliklar va norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilarning talablaridan biri Nazarboyevni siyosatdan chetlashtirish edi.  2023 yilning yanvar oyida Qozog‘iston parlamenti bir ovozdan Nazarboyevni “Elboshi” maqomidan mahrum qildi. Shundan so‘ng, darhol Senat u Qozog‘iston faxriy senatori bo‘lmasligini e’lon qildi. Keyinchalik esa parlamentda bu unvon butunlay bekor qilindi. May oyi oxirida sobiq prezidentni haqorat qilish jinoyat hisoblanmasligi ma’lum bo‘ldi. Ilgari sobiq prezidentni haqorat qilgan fuqarolar uch yil qamoq jazosiga hukm qilinardi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nursulton Nazarboyevning rafiqasi Sara Nazarboyeva vafot etgani haqida xabarlar rad etilgandi. Sara Nazarboyeva ayni paytda Qozog‘iston Respublikasi Prezident ma’muriyatining tibbiyot markazida davolanmoqda. Tibbiyot muassasasi ma’muriyati bemor bilan bog‘liq barcha muolajalar belgilangan tibbiy standartlar asosida, malakali mutaxassislar nazoratida olib borilayotganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing