Putin Qodirovning 26 yashar jiyanini mukofotladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning jiyani Hamzat Qodirovni II darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi. Tegishli farmon rasmiy portalda e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, 26 yoshli Hamzat Qodirov “ishdagi muvaffaqiyati va ko‘p yillik vijdonli mehnati uchun” taqdirlangan.

Aytish joizki, Hamzat Ramzan Qodirovning 2004 yilda vafot etgan akasi Zelimxonning o‘g‘li hisoblanadi. U hofizlar maktabini va Chechen davlat universitetining davlat boshqaruvi fakultetini tamomlagan. Shuningdek, Hamzat Qodirov BAA va Moskvada chet tillarini o‘rgangan. 21 yoshida Hamzat Qodirov Kurchaloevskiy tumanini boshqargan, keyin u "Yagona Rossiya" mintaqaviy siyosiy kengashi prezidiumiga saylangan.

Shu yilning may oyida Hamzat Qodirov Milliy gvardiyaning “Yordam uchun” medali bilan taqdirlangan. Milliy gvardiyaning Checheniston bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Sharip Delimxonov Hamzat Qodirovni “o‘zini zo‘r yordamchi sifatida ko‘rsatgan”ini aytgan, lekin tafsilotlarni oshkor qilmagan.

Ma’lumot uchun, oldinroq Putin Ramzan Qodirovning rafiqasi Mednini ham mukofotlagan. Unga “Qahramon ona” davlat mukofotini Putinning shaxsan o‘zi topshirgan. Checheniston rahbarining aytishicha, u rafiqasi bilan 14 farzandni tarbiyalamoqda, ulardan ikki nafari asrab olingan. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, uning katta o‘g‘illari Ukraina bilan urushda qatnashgan. Shuningdek, “Proyekt” nashriga ko‘ra, Checheniston rahbarining yashirin ikkinchi xotini Fotima Xazuyeva ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ramzan Qodirov Checheniston Hamzat Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made