Putin qaror qabul qilgan – Bayden Rossiya urush boshlaydigan yangi muddatni aytdi
Olam
−
19 fevral 2022
21992AQSH ma’muriyati Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga bostirib kirishga qaror qilgan deb hisoblamoqda.
Kecha, 18 fevral kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda AQSH Prezidenti Jo Bayden Amerika tomonining fikricha, Rossiya rahbari yuqorida qayd etilgan qarorni ma’qullaganini aytdi.
“Prezident Putin Ukrainaga bostirib kirish niyatida ekaniga” ishonchingiz komilmi, degan savolga Bayden “Ha”, deb javob berdi.
Shu munosabat bilan AQSH ma’muriyati rahbariga bu Vashingtonning Ukraina atrofidagi mavjud vaziyat sabab Moskva bilan diplomatik hamkorlikni to‘xtatayotganini bildiradimi, degan savol berildi. “Yo‘q”, deb javob berdi Bayden.
“U [Putin] buni qilmaguncha [ya’ni, Rossiya Ukrainaga qarshi harbiy kuch ishlatmaguncha] diplomatiya har doim variant bo‘lib qoladi”, degan Bayden.
Putin diplomatiya variantini ko‘rib chiqayotganiga ishonish uchun qanday asoslar borligini tushuntirish so‘ralganda Oq uy rahbari shunday javob berdi: “Bizda (AQSH) katta razvedka salohiyati bor”.
Baydenning aytishicha, Rossiya kuchlari yaqin kunlarda Ukrainaga hujum qilish niyatida.
Amerika ma’muriyati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya kuchlari hozirgacha Ukrainani - Belarus tomondan, Rossiyaning Ukraina bilan chegarasi bo‘ylab va janubda Qora dengizgacha o‘rab olgan”.
Bayden Rossiya kuchlari kelgusi haftada yoki yaqin kunlarda Ukrainaga hujum qilishni rejalashtirmoqda deyish uchun asosi borligini aytgan. U urush boshlansa, Rossiya Ukraina poytaxti - 2,8 million begunoh odamlar yashaydigan Kiyev shahrini nishonga olishiga ishonmoqda.
“Biz Rossiyaning rejalari haqida bir necha bor bayonot berdik. Biz mojaro bo‘lishini xohlayotganimiz uchun emas, balki biz Rossiyani Ukrainaga bostirib kirishini oqlash uchun har qanday imkoniyatdan mahrum qilish uchun bor kuchimiz bilan intilayotganimiz va bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun”, degan Bayden.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “agar Rossiya o‘z rejalarini amalga oshirsa, o‘zi tanlagan halokatli urush uchun javobgar bo‘ladi”.
Bundan oldin Bayden Rossiya joriy yilning 16 fevral kuni Ukrainaga bostirib kirishi haqida bayonot bergandi.
LiveBarchasi