Putin Imomali Rahmon bilan ham muloqot qildi
Olam
−
24 fevral 5545 1 daqiqa
Bugun, 24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon telefon orqali ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish choralarini muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ikki davlat rahbari savdo-sotiq, madaniy va gumanitar sohalarda hamkorlik qilishga kelishib olgan.
“Rossiya-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilikning erishilgan yuksak darajasidan mamnun ekanini bildirar ekanlar, davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, xavfsizlik sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq qadamlarni muhokama qildi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, ikki davlat rahbarlari shaxsiy muloqotlar jadvali bo‘yicha ham kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin bilan ham telefon orqaliu muloqot qilgandi. Ikki davlat rahbari Rossiya-Amerika o‘rtasidagi aloqlarni muhokama qilgan.
Live
Barchasi