Putin ilk bor “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olganiga munosabat bildirdi

Olam

image

Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Angela Merkel bilan muzokaralar o‘tkazgani haqida xabar bergandik. 

Ma’lum bo‘lishicha, Putin muzokaralar yakunida Afg‘onistonda “Tolibon”ning hokimiyat tepasiga kelishi haqida birinchi marta izoh bergan.  

“Tolibon” harakati bugun mamlakatning deyarli butun hududini, jumladan, poytaxtni nazorat qiladi. Bu ayni voqelik va ushbu haqiqatdan kelib chiqib, Afg‘oniston davlatining qulashiga yo‘l qo‘ymaslik kerak”, degan Putin. 

Shuningdek, Rossiya Prezidenti “begona qadriyatlarni singdirishga qaratilgan mas’uliyatsiz siyosat”ni va tarixiy, milliy, diniy xususiyatlarni hisobga olmagan holda “boshqa mamlakatlarda begona namunalar bo‘yicha demokratiya qurishga urinish”ni to‘xtatishga chaqirgan. 

Putin “Tolibon”ning “jangovar harakatlar to‘xtatilganini e’lon qilganini, jamoat tartibini o‘rnatishni boshlaganini va mahalliy aholi hamda xorijiy diplomatik vakolatxonalar xavfsizligini kafolatlashga va’da berganini” ta’kidlagan. 

“Umid qilamanki, bularning barchasi hayotga tatbiq etiladi”, degan Putin.

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” joriy yilning 15 avgust kuni butun Afg‘oniston hududini o‘z nazoratiga olganini va hukumat kuchlari bilan qurolli to‘qnashuv tugaganini xabar qildi. 19 avgust kuni esa harakat mamlakatning Buyuk Britaniya mustamlakasidan ozod bo‘lganining 102 yilligi munosabati bilan Afg‘onistonni Islom Amirligi, deb e’lon qildi.

2001 yil Afg‘onistonga kirgan AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlarining asosiy qismi mamlakatni tark etdi. G‘arb davlatlarining Qobulda qolgan kuchlari diplomatlarni va o‘zlariga yordam bergan afg‘onlarni evakuatsiya qilish bilan band. “Tolibon” siyosiy idorasi vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda 20 yil davom etgan urush tugaganini e’lon qildi


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Putin

Baholaganlar

804

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing