Putin gubernatorlar maoshini keskin oshirdi
Olam
−
01 aprel 10301 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin gubernatorlarning maosh va mukofotlarini Bosh vazir o‘rinbosarlarining maosh va mukofotlariga tenglashtiruvchi farmonni imzoladi. Hujjat rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilingan.
“Faridaily” nashri Bosh vazir o‘rinbosarlarining hozirgi maoshini oyiga 1,2-1,3 million rubl deb baholamoqda. (Urush boshlanganidan so‘ng, Putin o‘z farmoni bilan amaldorlarga daromad deklaratsiyalarini e’lon qilmaslikka ruxsat berganligi sababli ularning aniq maosh miqdori noma’lum.)
“Faridaily” manbalariga ko‘ra, gubernatorlarning maoshlari “anchagina” kamroq bo‘lib, 150-200 ming rublni tashkil qiladi.
“Shunday qilib, 2026 yildan boshlab mintaqa rahbarlarining maoshlari kamida 5-6 baravarga oshadi. Bitta yuqori martabali federal amaldorning taxminiga ko‘ra, bu o‘sish yanada sezilarli bo‘lib, taxminan 10 baravar bo‘ladi”, deb yozadi nashr.
Eslatib o‘tamiz, 31 mart kuni Vladimir Putin Rossiya fuqarolarini bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Farmonga ko‘ra, 1 apreldan 15 iyulgacha Rossiya armiyasiga 160 ming kishi chaqiriladi. Shu kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ham bahorgi chaqiruv vaqtida Rossiya fuqarolari Davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlariga elektron chaqiruv qog‘ozlarini, Moskvadan chaqiriluvchilar esa mos.ru portalida chaqiruv qog‘ozlarini olishlarini ma’lum qilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr