Putin ertaga Ukraina hududlarini rasman Rossiyaga qo‘shib oladi
Olam
−
29 Sentabr 2022
11840Ertaga, 30 sentyabr kuni Prezident Vladimir Putin Rossiya tarkibiga yangi hududlarning qo‘shilishi to‘g‘risidagi shartnomani imzolash marosimida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Ertaga soat 15:00 da Katta Kreml saroyida, Georgiy zalida Rossiya Federatsiyasi tarkibiga yangi hududlarni kiritish bo‘yicha kelishuvlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirda prezident Putin katta nutq bilan chiqish qiladi”, deydi Peskov.
Uning ta’kidlashicha, bu Prezidentning Federal majlisga yo‘llagan murojaatidan boshqacha formatda bo‘ladi. Murojaatning o‘zi keyinroq yo‘llanadi, uning sanasi oldindan e’lon qilinadi.
Avvalroq Buyuk Britaniya razvedkasi Putin Ukrainaning bosib olingan hududlari Rossiyaga qo‘shib olinganini 30 sentyabrda e’lon qilishi mumkinligi haqida ma’lumot bergandi.
Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar 23 sentyabr kuni bir vaqtning o‘zida to‘rtta mintaqada –DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlarida boshlandi. Ayni paytda barcha hududlarda ovoz berish yakunlandi, ovozlar sanab chiqilmoqda. Mintaqaviy saylov komissiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, ovoz berganlarning aksariyati ushbu hududlarni Rossiya Federatsiyasi tarkibiga sub’ekt sifatida kiritish tarafdori bo‘lgan.
Rossiya Federatsiyasidagi saylov uchastkalaridan olingan natijalar
100% protokollarni qayta ishlash natijalari bo‘yicha DXRning Rossiyaga qo‘shilishi 98,69% saylovchi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Protokollarning 100% qayta ishlanishi natijasida LXRning Rossiyaga qo‘shilishi 97,93% saylovchi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
100% protokollarni qayta ishlash natijalari bo‘yicha Zaporoje viloyatining Rossiya Federatsiyasiga kirishi 97,81% saylovchi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
100% protokollarni qayta ishlash natijalari bo‘yicha Xerson viloyatining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi 96,75% saylovchi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
LiveBarchasi