Putin chor Rossiyasi davridagi vokzalni og‘zidan bol tomib maqtadi

Olam

image

Chor Rossiyasidagi ichki temiryo‘l vokzallari Yevropanikiga qaraganda yaxshiroq va chiroyli edi. Bu fikrni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 26 dekabr kuni norasmiy sammit oldidan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining Sankt-Peterburgdagi diqqatga sazovor joylarga tashrifi chog‘ida bildirdi.

Putinning e’tiborini tortgan binolardan biri bu – 1837 yilda qurilgan Pavlovskiy poyezd stansiyasi bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy 6000 o‘rinli ulkan konsert zaliga aylangan zamonaviy vokzalning madaniy o‘rni haqida mehmonlarga ma’lumot bergan. Shuningdek, MDH davlat rahbarlariga Pavlovskning gullab-yashnagan davridagi hayoti va bu yerda qanday hashamatli ballar va konsertlar o‘tkazilgani haqida qisqa metrajli film namoyish etilgan. 

“Bu Rossiyadagi birinchi temiryo‘l edi – Sankt-Peterburgdan Pavlovskgacha”, degan Vladimir Putin.

Sayohat davomida Shvidkoy hozirda vokzal haqiqiy madaniyat markazi ekanligini bildirgan. 

“O‘sha paytda Yevropa mamlakatlaridagi stansiyalar ham turli tadbirlar uchun ishlatilgan, ammo Rossiya stansiyalari nihoyatda go‘zal va ta’sirli edi”, deya qo‘shimcha qilgan Rossiya Prezidenti.

Shuningdek, MDH davlatlarining aksariyat prezidentlari Sankt-Peterburg bo‘ylab sayohat qilish uchun Rossiyaning Aurus avtomobillaridan foydalanishi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga yetib borgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Pavlovskiy poezd stantsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing