Putin bugun Erdo‘g‘an bilan gaplashmoqchi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 7 oktyabr kuni turkiyalik mavqedoshi Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan muzokara qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib xabar berdi. 

“Ha, bor”, deydi Kreml matbuot kotibi Rossiya Prezidentining bugungi rejalarida Erdo‘g‘an bilan suhbat bormi, degan savolga. 

Peskovga ko‘ra, Putin 7 oktyabr kuni bir qator telefon aloqalarini rejalashtirgan. 70 yoshga to‘lgan Prezident butun kunni Sankt-Peterburgda o‘tkazadi va u yerda MDH davlatlari rahbarlari bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi so‘nggi telefon suhbati joriy yilning 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda Prezident Erdo‘g‘an Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni muzokaralarga yana bir imkoniyat berishga chaqirgan va bu jarayonda vositachilik rolini o‘ynashga tayyor ekanini aytgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing