Putin bugun dunyodagi vaziyatga baho berishi kutilmoqda
Olam
−
15 iyun 2022
11997Rossiya Prezidenti Vladimir Putin XXV Sankt-Peterburg Xalqaro Iqtisodiy Forumining yalpi majlisidagi nutqida jahon siyosati va iqtisodiyotidagi vaziyatni, jumladan, sanksiyalar, savdo urushlari, adolatsiz raqobatni baholaydi. Prezidentning nutqi Rossiya iqtisodiy rivojlanishining keyingi yo‘nalishiga bag‘ishlanadi. Bu haqda Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov brifingda jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Prezident nutqiga kelsak, hozir u tayyorlanmoqda. Prezident jahon iqtisodiyoti va siyosatidagi mavjud vaziyatga baho berishi kutilmoqda. Albatta, bugungi kunda jahon iqtisodiyoti duch kelayotgan muammolar, adolatsiz davlatlararo raqobat, savdo-moliya urushlari, sanksiyalar, cheklovlar va hokazolar haqida gapiramiz”, deydi Kreml vakili.
Ushakovning qo‘shimcha qilishicha, “prezident ko‘p qutbli iqtisodiy modelni shakllantirish bo‘yicha o‘z bahosi bilan o‘rtoqlashadi va bu jarayon butun jahon bozori ishtirokchilari uchun ochadigan imkoniyatlar va istiqbollarni baholaydi”.
Putinning Sankt-Peterburg Xalqaro Iqtisodiy Forumidagi nutqining asosiy qismi mamlakatning kelajakdagi iqtisodiy rivojlanishiga bag‘ishlanadi.
“Prezident o‘z nutqining salmoqli qismini bugun Rossiya oldida turgan va ertaga kutayotgan vazifalarga bag‘ishlaydi: mamlakatning keyingi iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, ichki ishbilarmonlik faolligini rag‘batlantirish, qulay biznes yuritish uchun shart-sharoit yaratish, tashqi savdo va investitsiyalarni mustahkamlash vazifalari”, deydi Kreml vakili.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 15-18 iyun kunlari XXV Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi. Har yili u bo‘yicha umumiy summasi bir necha trillion rubl bo‘lgan yuzlab bitimlar tuziladi.
LiveBarchasi