Putin bosib olingan Ukraina hududlari uchun 20 mlrd dollar ajratyapti

Olam

image

Putin Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Ukraina hududlarini rivojlantirish uchun 1,9 trillion rubl – qariyb 20 milliard dollar ajratilishini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

"2,5 yil ichida ushbu hududlarni rivojlantirish uchun federal manbalardan qariyb 2 trillion rubl ajratish rejalashtirilgan. Menimcha bu anchagina mablag‘. Bizda allaqachon bu hududlarni obod qilish uchun bir nechta dasturlar mavjud.  Birinchi bosqichda ijtimoiy xarakterdagi masalalarda hududlarni umumrossiya darajasiga ko‘tarib, vayron bo‘lgan tibbiyot va ta’lim infratuzilmasini tiklaymiz", degan Rossiya yetakchisi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilning 23-27 sentyabr kunlari Zaporoje viloyatining bosib olingan hududida, shuningdek, tan olinmagan DXR va LXR hamda bosib olingan Xerson viloyatida “Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha bir tomonlama referendumlar” o‘tkazilgan. Zaporoje viloyatida protokollarning 100 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, qo‘shilish tarafdori 93,11 foiz, Xerson viloyatida – 87,05 foiz, DXRda – 99,23 foiz, LXRda – 98,42 foiz deya hisoblangan.

Referendum natijalarini xalqaro tashkilotlar, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, NATO kabi tuzilmalar tan olmadi va uni noqonuniy deb atagan.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Putin Ukraina hududlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing