Putin birinchi xonimni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon Respublikasi birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyevani Rossiya-Ozarbayjon munosabatlarini mustahkamlash borasidagi xizmatlari uchun "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirladi. Rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘lgan Mehribon Aliyeva Prezident Putin bilan uchrashdi. Rasmiylar tor va kengaytirilgan doiralarda uchrashuvlar o‘tkazganlar. 

"Sizning Rossiyaga tashrifingizni qadrlaymiz. Bu munosabatlarimiz yuqori doiralarda muhim o‘rin tutayotganidan dalolat. 

Joriy yilning o‘zida savdo tovar ayirboshlash hajmi 26 foizga o‘sdi. Bu jiddiy ko‘rsatkich. Biz aloqalarni barcha sohalarda, parlament va jamoat tashkilotlari darajasida davom ettirib kelyapmiz", deydi Putin.

O‘z navbatida Mehribon Aliyeva Vladimir Putinga Moskvaga taklif uchun minnatdorlik bildirib, bu shahar u uchun qadrdon ekani, talabalik yillari bilan bog‘liq xotiralari borligini aytgan. 

"Sizga meni Rossiya Federatsiyasining davlat mukofoti - "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlaganingiz uchun minnatdordik bildiraman. Bu Ozarbayjon-Rossiya do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan faoliyatimga berilgan yuksak bahodir.

Fursatdan foydalanib, siz bilan munosabatlarga alohida ahamiyat beradigan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning salomlari va eng ezgu tilaklarini yetkazmoqchiman. Prezident Ilhom Aliyev nomidan sizni o‘zingizga qulay vaqtda Ozarbayjonga taklif etaman", deydi Mehribon Aliyeva.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ozarbayjon Putin Mehribon Alievani

Baholaganlar

182

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing