Putin Baydenga hamla qilmoqchimi? Sobiq Prezident maslahatchisi tashvishda

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning tuhmat qilishlari va xatolari mamlakatni "milliy xavfsizlik inqirozi"ga yuz tutishiga sabab bo‘lishi mumkin. Amerikaning avvalgi Prezidenti Donald Trampning sobiq katta maslahatchisi Stiven Miller shunday bashorat qilgan. 

"Butun dunyo bo‘ylab raqiblarimiz - Eron, Rossiya, Venesuela va Xitoy AQSHni hamda uning asosiy vakili, mamlakatimiz Prezidentini kuzatishadi", degan Miller. 

Shuningdek, u Baydenning samolyot zinapoyasidan ko‘tarilayotganda uch marta yiqilib tushganini eslab, bunday holat achinarli ekanini aytgan. 

Miller Rossiya rahbari Vladimir Putin "Baydenning hayolida nima borligini" ko‘rganini va shu sababli u Amerika rahbariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda muloqot o‘tkazishni taklif qilganini ta’kidlagan.

"Prezidentning o‘zi emas. Boshqa mamlakatlar bu zaiflikni ko‘rishadi va hamla qilishadi. Hozir biz katta xavf ostida turibmiz", degan Trampning sobiq maslahatchisi. 

Avvalroq, Bayden ABC News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya AQSHdagi saylovlarga aralashishga uringani uchun Putin javob berishi kerakligini aytgandi. Keyin esa jurnalistning “Siz Putinni qotil deb o‘ylaysizmi?”, degan savoliga u quyidagicha javob qaytardi: “ha, o‘ylayman”.  

Putinning o‘zi Baydenning so‘zlariga munosabat bildirib, unga sog‘lik tiladi. Keyinroq esa Rossiya Prezidenti Baydenga jonli efirda muloqot qilishni taklif qildi.  

Bayden esa Rossiya rahbari bilan kelajakda "qandaydir bosqichda" gaplashishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bayden Miller

Baholaganlar

553

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing