Putin Argentina Prezidentini tabrikladi

Sport

image

18 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali Argentina Prezidenti Alberto Fernandesni "albiseleste"ning futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon chempionatidagi g‘alabasi bilan  tabrikladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Vladimir Putin hozirgina Argentina Prezidenti Alberto Fernandes bilan telefon orqali muloqot qildi”, deydi Peskov. 

Peskov Rossiya Prezidenti o‘z hamkasbini Argentina terma jamoasining Qatar mundialidagi muvaffaqiyati bilan tabriklaganini ta’kidladi.

Shuningdek, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Ekvador davlati rahbari Gilermo Lasso Argentinani jahon chempionligi bilan qutladi.

18 dekabr kuni Argentina terma jamoasi Fransiya terma jamoasini mag‘lub etdi va o‘z tarixida uchinchi marta JCH kubogini qo‘lga kiritdi. Asosiy vaqt va qo‘shimcha ikkita bo‘lim 3:3 hisobida yakunlandi. Argentinaliklarning gollariga Lionel Messi va Anxel Di Mariya mualliflik qildi. Fransuzlar safida Kilian Mbappe xet-trik qayd etdi. Penaltilar seriyasi 4:2 hisobida Argentina terma jamoasi foydasiga hal bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing