Putin Aliyev va Pashinyanga qo‘ng‘iroq qildi

Olam

image

23-24 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.  

Kremlning qayd etishicha, Rossiyaning idoralararo delegatsiyasining 21 noyabrdagi Yerevan va Bakuga safari natijalari, shuningdek, 9 noyabrda qabul qilingan uch mamlakat rahbarlarining Bayonoti qoidalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.  

Muloqotda Tog‘li Qorabog‘ mintaqasida Rossiyaning tinchlikparvar kuchlarining ishlash tartibi va aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha keyingi qadamlari ko‘rib chiqilgan. 

Mintaqadagi iqtisodiy o‘zaro ta’sir va transport kommunikatsiyalarini blokdan chiqarish masalalariga ham to‘xtalib o‘tilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin "Tog‘li Qorabog‘da tinchlikni saqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra mintaqaga 1960 nafargacha Rossiya tinchlikparvar kuchlari yuboriladi, kontingent esa yiliga kamida ikki marta almashtiriladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ilhom Aliev Nikol Pashinyan

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing