Putin AQSH Markaziy Osiyo mamlakatlarini tiz cho‘ktirmoqchiligini aytdi

Olam

image

G‘arb davlatlari, xususan, AQSH Markaziy Osiyo davlatlariga bosim o‘tkazmoqda. Ammo ular tiz cho‘kmadilar. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 28 may kuni O‘zbekistonga davlat tashrifini yakunlash chog‘ida jurnalistlarga ma’lum qildi. 

“Markaziy Osiyo mintaqasiga ham bosim o‘tkazilganini bilamiz. Ammo men hali hamma tiz cho‘kib,  yet eldan kelgan har qanday buyruqni ko‘r-ko‘rona bajarishga tayyorligini ko‘rmayapman”, deydi Putin. 

Shu bilan birga, Rossiya Prezidenti amerikaliklar va yevropaliklar Rossiya Federatsiyasining mintaqadagi hamkorlariga zarar yetkazadigan ma’lum harakatlarni sodir etishlarini tan oldi.

Uning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar aldangan nohukumat tashkilotlaridan foydalanib, zaif mamlakatlar aholisining ongini manipulyatsiya qilmoqda. Hukumat kuchli bo‘lgan mamlakatlarda chet eldan kelgan dag‘dag‘alarga parvo qilinmaydi. 

“Albatta, davlatlar zaif va o‘zlariga ishonchlari yo‘q, ayniqsa, Amerikaning qo‘lidan oziqlanadigan o‘nlab nodavlat notijorat tashkilotlari mavjud bo‘lgan mamlakatlarda. Bu mamlakatlarda mahalliy aholi ongini manipulyatsiya qilish, amaldagi hokimiyatga bosim o‘tkazish osonroq”, deydi Rossiya Prezidenti. 

Uning urg‘ulashicha, hozirgi hukumat o‘zini ishonchli his qilgan joyda – u butun faoliyatini suverenitet, o‘z xalqi va o‘z mamlakati manfaatlarini mustahkamlashga bag‘ishlagan joyda, chetdan kelayotgan bu po‘pisalarga javob bermaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing