Putin AQSH bilan muzokaralar o‘tkazish shartini aytdi

Olam

image

Rossiya AQSH bilan strategik barqarorlikka doir masalalar bo‘yicha muloqotga tayyor, biroq unda Rossiya manfaatlari hisobga olingan bo‘lishi shart. Bu haqda Prezident Vladimir Putin Federal Majlisga murojaati chog‘ida ma’lum qildi. 

“Agar siz butun sayyoramiz uchun muhim bo‘lgan xavfsizlik va barqarorlikning mas’uliyatli masalalarini muhokama qilmoqchi bo‘lsangiz, buni faqat bitta kompleksda, tabiiyki, milliy manfaatlarimizga daxldor bo‘lgan va Rossiya xavfsizligiga ta’sir qiladigan barcha jihatlarni o‘z ichiga olgan holda amalga oshirishingiz kerak”, deydi Putin.

Prezident AQSHning Rossiyani mag‘lub etishga urinishlari davom etayotgan bir sharoitda strategik barqarorlik bo‘yicha muloqotni ikkiyuzlamachilik deb atadi.

“Lekin hamma meni to‘g‘ri tushunishi uchun shuni ta’kidlamoqchimanki, bu holatda biz hukmron doiralari bizga qarshi ochiq dushmanona harakatlar olib borayotgan davlat bilan ish tutyapmiz. Ular biz bilan strategik barqarorlik masalalarini jiddiy muhokama qilmoqchimi va bir vaqtning o‘zida Rossiyani, ular aytganidek, jang maydonida strategik mag‘lubiyatga uchratmoqchimi?” deydi Putin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing