Putin 75 yoshni qarshilagan qariya Lavrovni mukofotladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning oliy mukofoti — Birinchi darajali Avliyo Havoriy Andrey ordenini Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga topshirdi. Marosim bugun, 22 may kuni Kremldagi Senat saroyining Ketrin zalida bo‘lib o‘tadi. 

Lavrov 21 mart kuni 75 yoshni qarshiladi va shu munosabat bilan uni mukofotlash haqida Prezident farmoni qabul qilindi. 

Rossiya TIV rahbari Vatan oldidagi buyuk xizmatlari, Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosatini rivojlantirish va amalga oshirishga qo‘shgan ulkan hissasi hamda ko‘p yillik samarali davlat faoliyati uchun orden bilan mukofotlangan. 

Lavrov MDHdagi eng keksa siyosatchilardan biri hisoblanadi va u 2004 yilda buyon Rossiya Tashqi siyosatini boshqarib kelmoqda. Putin Rossiyasining Ukrainaga bostirib kirishiga bosh-qosh bo‘lgan asosiy figuralardan biri. 

2022 yildan beri Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli u AQSH, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yaponiya va boshqa davlatlar tomonidan shaxsiy sanksiyalar ostida qolmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Sergey Lavrov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing