Kurs UZS

USD

12 920.44

5.44

EUR

14 252.54

295.3

RUB

153.52

-0.03

Putin 160 ming kishini armiyaga chaqirish haqidagi farmonni imzoladi 

Olam

image

Kecha, 31 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqarolarini bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmon normativ huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 1 apreldan 15 iyulgacha Rossiya armiyasiga 160 ming kishi chaqiriladi. 

Shu kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ham bahorgi chaqiruv vaqtida Rossiya fuqarolari Davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlariga elektron chaqiruv qog‘ozlarini, Moskvadan chaqiriluvchilar esa mos.ru portalida chaqiruv qog‘ozlarini olishlarini ma’lum qildi.

“Qog‘ozdagi chaqiruvlar "qonuniy ahamiyatga ega" bo‘lib qolmoqda”, deya qo‘shimcha qildi vazirlik.

Yangi qonunlarga muvofiq, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan rossiyaliklar harbiy xizmatga chaqiriladi.

Bo‘lajak bahorgi kampaniyaga chaqiriluvchilar soni Mudofaa vazirligi chaqiruvni deyarli ikki baravar kamaytirishga qaror qilgan 2011 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ladi.

“2024 yilda, bahorgi kampaniya davrida 150 ming kishi, 2023 yilda – 147 ming kishi, 2022 yilda – 134,5 ming kishi armiyaga chaqirildi”, deb yozadi TASS.

Shu bilan birga, Rossiya Mudofaa vazirligi kutilayotgan chaqiruv kampaniyasining Ukrainadagi keng ko‘lamli urush bilan “hech qanday bog‘liqligi” yo‘qligini va chaqiriluvchilar Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududlari – Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlariga yuborilmasligini da’vo qilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning fevral oyida Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasiga harbiy xizmatga chaqirishni kuchaytiruvchi qonun loyihalari kiritildi. Birinchi qonun loyihasi chaqiruv muddatini bir yilga uzaytiradi, ya’ni bahorda berilgan chaqiruv qog‘ozlari kuzgi chaqiruv boshlanishi bilan ham o‘z kuchini saqlab qoladi. Ikkinchi qonun loyihasi yashash joyini o‘zgartirish to‘g‘risida xabar bermagan harbiy xizmatchilar uchun jarima miqdorini 10 000 - 20 000 rublgacha oshirishni nazarda tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing