Putin haqidagi banneri uchun estoniyalik Rossiyada sirtdan hibsga olindi

Olam

image

Moskvaning Basmanniy tuman sudi Estoniyaning Narva muzeyi direktori Mariya Smorjevskix-Smirnovani sirtdan hibsga oldi. Bu haqda “Mediazona” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Smorjevskix-Smirnovaga nisbatan siyosiy sabablarga ko‘ra Rossiya harbiylari haqidagi “soxta ma’lumotlarni tarqatish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

“Ayblovning mohiyati haqida hozirgacha hech narsa ma’lum emas”, deyiladi xabarda. 

Smorjevskix-Smirnova 2024 yilning yozidan buyon Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvga berilgan.

Narva muzeyi Estoniyaning Rossiya bilan chegaradosh Narva shahridagi o‘rta asr qal’asida joylashgan. So‘nggi ikki yil davomida, 9 may kuni uning devoriga qon dog‘lari bo‘lgan “Putin - urush jinoyatchisi” banneri osib qo‘yilgan edi. U Rossiya tomonidan Ivangorodda daryoning narigi tomonida ko‘rinib turardi. Rossiya chegarachilari plakatni olib tashlashni talab qilgan, biroq Estoniya hukumati buni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Novosibirsk shahri Kalinin tuman sudi tomonidan Tojikiston fuqarosi Dalerjon Ochilov Rossiya Qurolli kuchlari haqidagi gaplari uchun sudlanib, unga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi. Sud hukmiga ko‘ra, u Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari haqida yolg‘on ma’lumotlarni oshkora tarqatgani (Jinoyat kodeksi 2073-moddasi 2-qismi  “d” bandi) va bezorilik (213-modda 1-qismi “b” bandi) uchun 7 yil ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, unga ikki yil davomida internetda Rossiya Qurolli kuchlari haqida ma’lumotlar tarqatish taqiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Mariya Smorjevskix-Smirnova estoniyalik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing