“Pulkovo” aeroportida “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyoti yo‘lakdan chiqib ketdi

Olam

image

Kecha, 2 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:59 da “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga qarashli Boeing-767 UK67008 samolyoti “Pulkovo” aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketdi. MAK Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent–Sankt-Peterburg yo‘nalishida parvozni amalga oshirgan samolyot qo‘ngach, uni batamom to‘xtatish vaqtida yo‘lakdan chiqib ketgan.

Samolyotga zarar yetmagan. Havo layneri bortida 241 nafar yo‘lovchi va 15 nafar ekipaj a’zolari bo‘lib, hodisa natijasida yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishga ehtiyoj bo‘lmagan.

Samolyotning yo‘lakdan chiqib ketishiga noqulay ob-havo sharoiti va yo‘lakning holati sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi va “Rosaviatsiya” “Pulkovo” aeroportidagi hodisa yuzasidan surishtiruv boshlagan.

Mazkur voqea sabab HY632/02MAR19 reysining uchish vaqti ko‘chirildi. Aviakompaniyaning Sankt-Peterburgdagi vakolatxonasi ushbu reys yo‘lovchilarini mehmonxonada joylashtirish chorasini ko‘rdi.

Mazkur reysga oid ma’lumotlarni aviakompaniyaning Sankt-Peterburgdagi vakolatxonasidan +7-911-780-00-11 raqamiga hamda “Toshkent” aeroportining +99878-140-28-01, +99878-140-28-02, +99878-140-28-03, +99878-140-28-04 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib olish mumkinligi aytilmoqda


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg samolyot O'zbekiston havo yo'llari Pulkovo

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing