“Pulini olib, qurol bermadi”. Pashinyan Rossiyani “moshennik”ga chiqardi

Olam

image

Rossiya tomoni Armanistonga allaqachon puli to‘langan qurol-yarog‘ va harbiy texnikalarni yetkazib bermagan. Bu haqda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ma’lum qilgan

Unga ko‘ra, Yerevan Moskvaga qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun katta miqdorda pul to‘lagan. Lekin Rossiya tomoni haligacha va’dasining ustidan chiqmayapti.

Shu bois Bosh vazir Rossiyani qurol-yarog‘ bitimini bajarmaganlikda ayblagan va to‘langan pul evaziga Kremlni Armanistonning qarzidan voz kechishga chaqirgan.

"Ushbu muammoni hal qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Rossiyaga to‘langan pul evaziga Armanistonning  qarzini kamaytirish variantini taklif qilyapmiz. Chunki hali beri kelishilgan miqdordagi qurol-yarog‘ va harbiy texnikalarni olishimizga ishonmaymiz. Chunki ayni paytda Rossiyaning o‘zi ham qurolga muhtoj", deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan TASS.

Shuningdek, Pashinyan Rossiyaning Armanistonning ichki ishlariga aralashmasligi va siyosiy vaziyatni beqarorlashtirmasligi masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan. U Rossiya va Armaniston o‘rtasida bu boradagi maslahatlashuvlar yaqin orada boshlanishiga umid bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing