Po‘lat Bobojonov yangi lavozimga saylandi
Sport
−
18 fevral 2023
39954Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
“Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov federatsiya raisi lavozimiga saylandi”, deyiladi MOQ xabarida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi 1991 yilda tashkil etilgan. Tashkilotga Abduqodir Toshqulov raislik qilib kelayotgandi.