Pul mukofoti va qabul kvotasi: Hukumat kinologlar uchun imtiyozlarni belgiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 9 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, ichki ishlar organlarining xizmat itlari naslchilik pitomnigi, kinologiya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limlari hamda tumanlararo kinologiya guruhlari tashkil etildi, ularning vazifalari belgilandi.

Qarorga ko‘ra: 

•    og‘ir, o‘ta og‘ir, shaxsga qarshi jinoyatlarni xizmat itlari ishtirokida fosh etgan kinologiya xodimiga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravari miqdorida pul mukofoti beriladi;

•    kinologiya bo‘linmalari xodimlari uchun har yili Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida sirtqi ta’lim olishga qabul qilinadigan xodimlar umumiy sonining bir foizi miqdorida qabul kvotasi ajratiladi.

Qaror bilan Ichki ishlar vazirligining alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlar uchun “3 - toifali kinolog”, “2 - toifali kinolog” va “1 - toifali kinolog” idoraviy ko‘krak nishonlari ta’sis etildi.

Shuningdek, qaror bilan kinolog xodimlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan maxsus malaka toifasi berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, maxsus malaka toifasi uchun to‘lov mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining:

•    “3 - toifali kinolog” uchun – bir baravari miqdorida;
•    “2 - toifali kinolog” uchun – ikki baravari miqdorida;
•    “1 - toifali kinolog” uchun – uch baravari miqdorida belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori kinologlar

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing