Pul birligining denominatsiyasi kutilyaptimi? Markaziy bank javob berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda shu kunlarda O‘zbekistonda pul birligi o‘zgarishi ko‘zda tutilayotgani, 22 dekabr - Oliy Majlis va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi o‘tgach, yangi ko‘rinishdagi pul birligi joriy etilishi haqidagi gap-so‘zlar tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu xabarlarga oydinlik kiritdi. Unda shunday deyiladi:

"O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan pul birligining denominatsiya qilinishi to‘g‘risidagi xabarlar borasida quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas. Bugungi kunda pul birligini denominatsiya qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan ko‘zda tutilmagan".


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank

Baholaganlar

723

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing