PSJdagi faoliyatim bilan “Oltin to‘p”ga haqli edim – Neymar
Sport
−
17 yanvar 2025 2978 1 daqiqa
Braziliya terma jamoasi va “Al-Hilol” klubi vingeri Neymar PSJdagi faoliyati bilan “Oltin to‘p” olishi mumkinligi haqida gapirdi va Romarioning gaplariga javob berdi.
“Faoliyatimning eng yuqori cho‘qqisi PSJda bo‘lgan. Menimcha, Parijdagi o‘yinim bilan “Oltin to‘p”ga haqli edim. Ammo eng katta muammo bu jarohatlar, ular meni tinch qo‘ymadi. Shubhasiz, har bir futbolchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kirtishni xohlaydi. Lekin bu sovrin menda yo‘q degani, umrimning yakuni deganimas”, deydi Neymar.
Ma’lumot o‘rnida, braziliyalik futbolchi 2017 yildan 2023 yilga qadar PSJda faoliyat olib borgan. Parijliklar safida umumiy 112 ta o‘yinda 82 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, Neymar “Barselona”dan PSJga bonuslar bilan hisoblaganda 222 million yevroga o‘tgan va futbol tarixidagi eng qimmat transferga aylangan edi. 2023 yilda u Saudyaining eng sovrindor klubi “Al-Hilol” bilan shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 yanvar kuni Braziliya futboli afsonasi Romario terma jamoaning Neymarsiz Jahon chempioni bo‘lolmasligini aytgandi.