Telegram
Birinchi biling!
Sport
−
25 iyun 2022
3272Fransiyaning PSG klubi Kristof Galteni bosh murabbiy etib tayinlashga yaqin turibdi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, PSG “Nitssa” rahbariyati bilan mutaxassisni sotib olish qancha narxga tushishi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ya’ni, Parij jamoasi “Nitssa”ga Galte uchun 10 million yevro atrofida mablag‘ to‘laydi. Shuningdek, PSG Galtening o‘zi bilan allaqachon kelishuvga erishgan.
Endi parijliklar amaldagi bosh murabbiy Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqarishi kerak. Rahbariyat uni tovon puli bo‘yicha yon berishga ko‘ndirmoqchi, biroq argentinalik murabbiy 15 million yevroning hammasini to‘lashni talab qilmoqda.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi