PSJ yirik transferlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Sport

image

PSJ klubi rahbariyati kelayotgan yozda kamida uchta yirik xaridni amalga oshiradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, xaridlar bu joriy mavsum yakunida jamoani tark etishini e’lon qilgan Kilian Mbappe o‘rnini egallaydigan top-futbolchi, shuningdek, top yarim himoyachi va iqtidorli markaziy himoyachi bo‘ladi.

Hozirda PSJ Fransiya 1-ligasining 21-turidan keyin 50 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe mavsum yakunida ketishi haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, “Real” prezidenti Florentino Peres murabbiylar shtabini Mbappe “qirollik klubi” futbolchisiga aylanishi haqida xabardor qilgan. Bundan tashqari, Killian Madriddan uy-joy qidirayotgani haqida ma’lumotlar ham tarqaldi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing