PSJ va “Aston Villa” futbolchi almashishi mumkin

Sport

image

Parij klubi hujumkor yarim himoyachisi Marko Asensioni sotmoqchi va o‘rniga “Aston Villa” hujumchisi Jon Dyuranni jamoaga olib kelmoqchi. Bu haqda “RMC Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Asensio jamoadan ketishini ma’lum qilgan va PSJ futbolchini birmingemliklar hujumchisi Jon Dyuran bilan almashtirish haqida o‘ylamoqda. Shuningdek, “Aston Villa” kolumbiyalik futbolchining jamoadan ketish ehtimolini hisobga olib, uning o‘rnini to‘ldirish niyatida. 21 yoshli hujumchiga xaridorlar qatorida PSJ ham bor.

Ma’lumot o‘rnida, Asensio 2023 yilda Parij klubiga kelib qo‘shilgan va uning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsum u jamoa safida barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Asensioning narxi “Transfermarkt” portalida 20 million yevroga baholangan.

21 yoshli Dyuran “Aston Villa” tarkibiga 2023 yilda kelib qo‘shilgan va uning shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi. Joriy mavsum u klub safida barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Dyuranning narxi “Transfermarkt” portalida 40 million yevro etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Marko Asensio Aston Villa Jon Dyuran

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing