Husanov tushishi kutilayotgan bahs. Bugun “Siti” “Aston Villa”ni qabul qiladi

Sport

image

Bugun, 22 aprel kuni Angliya Premer-ligasi 34-turi doirasida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Aston Villa” bilan o‘ynaydi. Bu bahs turning markaziy o‘yinlaridan biri hisoblanadi. Chunki har ikki klub ham Chempionlar ligasi o‘rinlari uchun jiddiy kurashga kirishgan.

YeCHL yo‘llanmasi uchun ayovsiz kurash

Mavsum startida chempionlik uchun asosiy da’vogar hisoblangan “Manchester Siti” mavsum yakuniga bir necha tur qolganida Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgani ajablanarli. 34-tur boshlanishidan oldin “shaharliklar” 58 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab kelmoqda. Klub o‘tgan turda “Everton”ni mehmonda 2:0 hisobida mag‘lub etdi. “Aston Villa” esa turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan “Nyukasl”ni 4:1 hisobida yer tishlatdi. Unai Emeri boshchiligidagi klub PSJga mag‘lub bo‘lgan holda Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan keyin bor e’tiborini APL o‘yinlariga qaratmoqda. “Aston Villa” yo‘llanma uchun kurashdan chiqqanicha yo‘q. Klub 57 ochko jamg‘arib, 7-o‘rindan joy olgan. Oradagi farq 1 ochkoni tashkil etishi va ayni vaqtga kelib, Emeri yaxshi jamoa shakllantira olganini hisobga olib, “Manchester Siti” - “Aston Villa” o‘yini muxlislarni zeriktirib qo‘ymaydi.

Husanov bugun asosiy tarkibda tushadimi?

“Manchester Siti” futbolchisi Abduqodir Husanov bugungi “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda maydonga tushish ehtimoli bor. Sababi raqib safida tezkor va jismonan baquvvat o‘yinchilar bor va ularni to‘xtatish uchun ham Abduqodir Husanovdek tezkor va yelkama-yelka kurashlarda yengilmaydigan himoyachi ayni muddao. Misol uchun, o‘tgan mavsumlarda “Manchester Yunayted”da o‘z o‘rnini yo‘qotib, “Aston Villa”ga ijara asosida o‘tgan Markus Reshford, PSJga kerak bo‘lmay qolgan Marko Asensio, “Aston Villa”ning tezkor o‘yinchilaridan biri Morgan Rojers kabi futbolchilar “shaharliklar”ga qarshi bahsda ham o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi. 

Taxminiy tarkiblar

Odatga ko‘ra “90 min”, “One football”, “Sportsmole” kabi portallar “Manchester Siti”ning “Aston Villa”ga qarshi o‘yin uchun taxminiy tarkiblarni e’lon qildi. 

“90 min” nashri talqiniga ko‘ra, “Manchester Siti” tarkibi.

Ortega, Nunes, Husanov, Gvardiol, O'reyli, Kovachich, Niko, Savino, De Bryuyne, Doku, Marmush.

“One football” nashri talqiniga ko‘ra, “Manchester Siti” tarkibi.

Ortega, Nunes, Diash, Gvardiol, O'reyli, Gyundogan, Niko, Foden, De Bryuyne, Doku, Marmush.

“Sportsmole” nashri talqiniga ko‘ra, “Manchester Siti” tarkibi.

Ortega, Lyuis, Diash, Gvardiol, O'reyli, Kovachich, Maketi, Foden, De Bryuyne, Doku, Marmush.

Ma’lumot o‘rnida, “Manchester Siti” - “Aston Villa” o‘yini 23 aprelga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Angliya Prem'er-ligasi Aston Villa Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing