APLda tur qanday o‘tdi?

Sport

image

Kecha, 14 dekabr kuni Angliya Premer-ligasi doirasidagi 16-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Tur doirasida peshqadam “Arsenal” safarda “Vulverxempton”ni mag‘lub etdi. “Liverpul” esa o‘z maydonida “Brayton” ustidan g‘alaba qozondi. Pep Gvardiola shogirdlari ham safarda yirik hisobda zafar quchdi.

16 turda bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlar tafsiloti bilan tanishing:

“Chelsi” 2:0 “Everton”

“Chelsi” o‘z maydonida ishonchli o‘yin namoyish etdi. Londonliklar uchrashuvni to‘liq nazorat ostida ushlab, Palmer va Gyustoning gollari evaziga “Everton”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi.

“Liverpul” 2:0 “Brayton”

“Liverpul” “Enfild”da katta ustunlikka erishdi. Yuqori pressing samarasida mezbonlar tezkor gollar urishga muvaffaq bo‘ldi. Muhammad Saloh o‘yinga zaxiradan qo‘shilib, bir golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa mersisaydliklar muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

“Byornli” 2:3 “Fulxem”

Ushbu bahsda muxlislar gollarga boy va keskin qarama-qarshilikka guvoh bo‘lishdi. “Fulhem” safarda o‘ynashiga qaramay, hujumda faol harakat qilib, uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

“Arsenal” 2:1 “Vulverxempton”

Peshqadam “Arsenal” tur doirasida qiyin kechgan bahsda g‘alaba qozondi. “Vulverxempton” 90-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo‘lsa-da, 90+4-daqiqada Moskeraning avtogoli londonliklarga g‘alaba olib keldi.

“Kristal Pelas” 0:3 “Manchester Siti”

“Manchester Siti” safarda Holand va Fodenning gollari evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi. “Shaharliklar” uchrashuvni to‘liq o‘z nazorati ostida o‘tkazdi. Abduqodir Husanov mazkur bahsda zaxirada qoldirildi.

“Sanderlend” 1:0 “Nyukasl”

“Nyukasl” ushbu uchrashuvda kutilmaganda “Sanderlend”ga mag‘lub bo‘ldi. Voltemadening avtogoli mezbonlarga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

“Nottingem Forest” 3:0 “Tottenxem”

Turning eng sensatsion natijalaridan biri aynan ushbu bahsda qayd etildi. “Nottingem Forest” o‘z maydonida “Tottenhem”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Londonliklar bu mag‘lubiyatdan so‘ng turnir jadvalida 11-o‘ringa tushib ketdi.

“Vest Xem” 2:3 “Aston Villa”

Turdagi yana bir gollarga boy uchrashuv Londonda bo‘lib o‘tdi. “Vest Xem” birinchi bo‘limda ustunlikka erishgan bo‘lsa-da, “Aston Villa” ikkinchi bo‘limda hisobni o‘z foydasiga o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi.

“Brentford” 1:1 “Lids Yunayted”

Tur doirasidagi yagona durang natija aynan shu uchrashuvda qayd etildi. Henderson va ning gollari evaziga jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

“Manchester Yunayted” – “Bornmut”

Ushbu uchrashuv bugun, 15 dekabr kuni tunda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, yakuniga yetgan tur uchrashuvlaridan so‘ng Londonning  “Arsenal” jamoasi 36 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Manchester Siti” 34 ochko bilan 2, “Aston Villa” esa 33 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Navbatdagi tur uchrashuvlari joriy yilning 20 dekabr kuni start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Arsenal Aston Villa 16-tur Manchester Citi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing