PSJ “Real” himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
Sport
−
11:45 798 1 daqiqa
Fransiyaning PSJ klubi Madridning “Real Madrid” jamoasi futbolchisi Antonio Ryudigerni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Parij klubi murabbiylar shtabi 32 yoshli germaniyalik himoyachini kiyinish xonasida yetakchi, shuningdek, yosh futbolchilar uchun tajribali ustoz sifatida ko‘rmoqda. Qayd etilishicha, Ryudiger avvalroq “Sky Sports”ga bergan intervyusida, besh yil avval vatandoshi Tomas Tuxel PSJni boshqargan davrda Parij klubiga o‘tishni istaganini tan olgan edi.
Joriy mavsumda Ryudiger La Liga doirasida olti uchrashuvda maydonga tushdi. Shuningdek, u chap son mushagidan olgan jarohati sabab ayrim o‘yinlarni to‘liq o‘tkazib yuborgan. Germaniyalik futbolchining “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyida yakunlanadi.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.
Live
Barchasi