PSJ Pochettino o‘rniga nomzod topdi

Sport

image

“Real Madrid” sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan PSJ Pochettinoni “Manchester Yunayted”ga qo‘yib yuborsa, parijliklar boshqaruvi uchun 1-raqamli nomzodga aylanadi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Zidanning o‘zi ham PSJda ishlashni xohlaydi. U Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe kabi futbolchilarni o‘z ichiga olgan Parijning yulduzli jamoasini o‘zi uchun ideal deb hisoblamoqda.

Pochettino esa joriy yilning yanvar oyida Parij klubi murabbiyi etib tayinlangan va Angliya Premer ligasiga qaytishga qarshi emas. Katta ehtimol bilan YeCHL 5-turi doirasidagi “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin uning taqdirini hal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 49 yoshli argentinalik mutaxassis PSJ prezidenti Nosir al-Xelayfi va sport direktori Leonardoga ketishni istayotgani haqida aytmagan. Chunki “Manchester Yunayted” u bilan aloqaga chiqmagan. 

Ma’lumot uchun, 49 yoshli Zidan 2021 yil yozida “Real” postini tark etgan. Zizu “Qirollik klubi” safida 301 o‘yin o‘tkazib, ularning 190 tasida g‘alaba qayd etgan. Shuningdek, uch marta UEFA Chempionlar ligasi va ikki marta La liga chempionligini qo‘lga kiritgan.


 


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Pochettino Zidan Real Madrid Man Yunayted

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing