PSJ muddatidan avval Fransiya chempioni bo‘ldi
Sport
−
06 aprel
1719Parijning PSJ klubi kecha, 5 aprel kuni Fransiya chempionati 28-turi doirasida “Anje”ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va muddatidan avval mamlakat chempioniga aylandi.
Parijliklar Liga 1 da 74 ochko jamg‘argan holda, chempionat yakuniga 6 tur qolanida chempionlikni tantana qildi. PSJ eng yaqin ta’qibchisi “Monako”ni naqd 24 ochkoga ortda qoldirdi.
Shu tariqa, PSJ 13-bor Fransiya chempionati g‘olibi bo‘ldi. Endilikda Luis Enrike boshchiligidagi klub bor e’tiborini Yevropa Chempionlar ligasiga qaratadi. Jamoa 10 aprelga o‘tar kechasi “Aston Villa”ni qabul qiladi. Javob o‘yini esa 16 aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi