PSJ “Milan” futbolchisi uchun 150 mln yevro to‘lamoqchi
Sport
−
11 Oktabr 2022 2833 1 daqiqa
Italiyaning “Milan” klubining futbolchisi Rafael Leau PSJga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Mediafoot” nashri xabar beradi.
Qayd etilishicha, parijliklar portugaliyalik futbolchini 150 million yevro tovon puli evaziga sotib olish variantini faollashtirishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchiga Londonning “Chelsi” jamoasi ham qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, “Milan” rahbariyati ham o‘z futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolash niyatida ekanini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Leau "Milan"ga 2019 yilda Fransiyaning "Lill"klubidan 29,5 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi. Rafael italyan klubi safida 126 ta o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol urgan va 28 ta golga uzatma bergan. Leau o‘tgan mavsumda “Milan”ga 11 yil ichida birinchi marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritishiga yordam berdi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2024 yilda yakuniga yetadi. “Transfermarkt” portali 23 yoshli futbolchini 70 million yevroga baholanmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr