“Chelsi” “Milan” futbolchisiga 120 mln yevro taklif qildi

Sport

image

Londonning (Angliya) “Chelsi” klubi “Milan” jamoasi futbolchisi Rafael Leauni sotib olmoqchi. Londonliklar Italiya klubiga 120 million yevro taklif qilmoqda. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri yozmoqda.

Manba ushbu transferni “aqldan ozgan g‘oya” deya atagan. Chunki “Chelsi” Roman Abramovich rahbarligida ham bunchalik katta pul sarflamagan. “Aristokratlar” faqatgina 2021 yilda Lukakuning transferi uchun “Inter”ga 113 million yevro to‘lab bergan va bu xarajat o‘zini oqlamagan.

Qayd etilishicha, “Milan” ustozi Stefano Pioli Rafaelni jamoa uchun muhim futbolchi deb hisoblaydi. Qolaversa, milanliklar rahbariyati ham Leauni sotishni rejalashtirmagan.

Bundan oldin Ispaniyaning “Real Madrid” klubi ham portugaliyalik hujumchiga xaridor bo‘lgan. “Los blankos” taklif qilgan pul ham “Chelsi”niki kabi 120 million yevroni tashkil qilgan. Biroq “Milan” rasmiylari Leauni 150 million yevrodan kamiga sotmasligini ma’lum qilgan.

Avvalroq, portugaliyalik futbolchiga Fransiyaning PSJ klubi ham qiziqish bildirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Leau Italiya A Seriyasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.“Transfermarkt” portali portugaliyalik iqtidor egasini 70 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Milan” “Chelsi” Rafael Leau

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing