PSJ “Milan”ning qimmatbaho futbolchisiga qiziqmoqda

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi Italiyaning “Milan” jamoasi futbolchisi Rafael Leauga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “RMC Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Leauning 2018 yilda “Sporting”dan “Lill”ga o‘tishida ishtirok etgan parijliklarning amaldagi sport direktori Luish Kampush portugaliyalik futbolchini juda yaxshi ko‘radi.

Qayd etilishicha, ushbu transferni  amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Narxni pasaytirish uchun PSJ himoyachi Abdu Dialloni shartnomaga qo‘shmoqchi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Leau Italiya A Seriyasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Transfermarkt” portali portugaliyalik iqtidor egasini 70 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ “Milan” Rafael Leau

Baholaganlar

16

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing