Martines “Everton”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi
Sport
−
18:05 297 1 daqiqa
Argentinalik darvozabon Emiliano Martines Angliya Premer-ligasi doirasida “Everton”ga qarshi uchrashuvda raqib futbolchisi bilan to‘qnashuv oqibatida jag‘ini sindirib oldi. Bu haqda jurnalist Gaston Edul o‘zining X sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Martines hozirda shifoxonada qolmoqda. Kompyuter tomografiyasi, shuningdek, uning bo‘yin va orqa qismi tekshiruvlari natijalari ijobiy bo‘lgani aytilmoqda.
Darvozabon kecha, 17 oktyabr kuni “Everton”ga qarshi 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvning ikkinchi bo‘limi o‘rtalarida maydondan zambilda olib chiqilgan edi. Martines to‘pni egallashga uringan paytda raqib futbolchisi bilan to‘qnashib ketgan. Hodisadan so‘ng shifokorlar maydonga kirib, darvozabonga yordam ko‘rsatishgan va unga kislorod niqobini taqishgan.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Martines joriy yilning 30 avgust kuni “Chelsi” safiga qo‘shilgan. U 2020 yil sentyabridan buyon “Aston Villa”da to‘p surgan va klub bilan 2026 yilda Yevropa ligasida g‘olib chiqqan. Shuningdek, “Arsenal” safida Angliya Superkubogini uch marta (2014, 2015, 2020) va Angliya kubogini bir marta (2020) qo‘lga kiritgan.
Darvozabon “France Football” jurnali tomonidan yilning eng yaxshi darvozaboniga topshiriladigan Lev Yashin sovrinini 2023 va 2024 yillarda qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi