“Chelsi” “Milan” yulduzi uchun 75 million yevro to‘lamoqchi

Sport

image

Londoning “Chelsi” jamoasi “Milan” klubining qanot hujumchisi Rafael Leauni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. “Arsistokratlar” portugaliyalik futbolchi uchun 75 million yevro to‘lashga tayyor. Bu haqda “Bitbol” nashri xabar berdi.  

Manbaga ko‘ra, “Chelsi” Leauni yaqin kelajakdagi asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilagan.

“Transfermarkt” portali 26 yoshli Rafael Leauning bozor qiymatini 70 million yevro deb baholamoqda. U joriy mavsumda “Milan” safida barcha musobaqalarda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Ma’lumot uchun, Leau 2019 yilda “Lill”dan “Milan”ga qo‘shilgan edi. Futbolchining “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Yunayted” ham Rafael Leauni sotib olishni rejalashtirgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Milan” “Chelsi” Rafael Leau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing