Tezkor! Ronaldu terma jamoadagi raqamidan mahrum qilindi
Sport
−
16:10 1459 1 daqiqa
“Galatasaroy” klubining portugaliyalik hujumchisi Rafael Leau Portugaliya terma jamoasida Krishtianu Ronalduga tegishli bo‘lgan 7-raqamni oldi. Bu haqdagi ma’lumot Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) saytida keltirilgan.
Kecha, 30 sentyabr kuni Ronaldu terma jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezushning matbuot anjumanidan so‘ng milliy jamoa qarorgohini tark etdi. Keyinchalik OAV 41 yoshli forvard terma jamoadagi faoliyatini yakunlash bo‘yicha qaror qabul qilgani haqida xabar berdi.
Portugaliya terma jamoasining futbol bo‘yicha Millatlar ligasi guruh bosqichi uchinchi turi doirasidagi Daniyaga qarshi o‘yin qaydnomasida Ronaldu yo‘q, 7-o‘yin raqami esa Leauga berildi.
Ma’lumot uchun, Leau 27 yoshda. Portugaliyalik futbolchi yozgi transfer oynasida Turkiyaning “Galatasaroy” klubi o‘yinchisiga aylandi.
Ronaldu 2016 yilgi Yevropa chempioni, shuningdek, terma jamoalar darajasida o‘tkazilgan o‘yinlar (234) va urilgan gollar (146) soni bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Futbolchi besh bor “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritgan.